Bu saytning kamroq internet sarflaydigan, faqat matndan iborat versiyasini ko‘rmoqdasiz. Barcha suratlar va videolarni o‘z ichiga olgan saytning asosiy versiyasini ko‘ring.
Video: Suriyadagi "odam qassobxonasi" maxfiy eshigi qaerda?
Huquqbonlar Damashq yaqinidagi Sidnaya qamoqxonasini "odam qassobxonasi" deyishadi. O‘nlab yillar davomida Suriya istihborot kuchlari va harbiy politsiyasi bu yerda minglab odamlarni tutqunlikda ushlab, qiynoqlarga tutgani aytiladi.
O‘tgan hafta so‘nggida Asad rejimi qulagach, mahbuslarning yaqinlari qamoqxona atrofida to‘plana boshladi.
Ular hanuz yashirin yer osti hujralarida saqlanayotgan 10 minglab odamlar haqida gapira boshlashdi.
Qutqaruvchilar ichkarida qolib ketgani taxmin qilinayotgan mahbuslarni qidirmoqda.
BBC Arab xizmati maxsus muxbiri Feras Kilaniy qamoqxonaga kirishga muvaffaq bo‘ldi.