Toshqin avtomobillarni oqizib ketdi
Toshqin avtomobillarni oqizib ketdi
Published
Bu yil Xitoyning materik qismiga yopirilgan eng kuchli bo‘ron — “Bavi” tayfuni ortidan suv toshqinlari yuz berdi. Tayfun mamlakatning sharqiy sohillariga kuchli yomg‘irlar yog‘dirib, aholi zich yashaydigan shaharlarga vayronkor shamollarni olib keldi. Bu esa Xitoyning ekstremal ob-havo sharoitlariga qarshi kurashish imkoniyatlarini jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Bo‘ron harakatlangan yo‘nalishdagi hududlardan qariyb ikki million kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi.